Aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish, uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilish maqsadida jamoat transporti faoliyatida tub islohotlar amalga oshirilmoqda, deb yozadi O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi matbuot xizmati.
Ayni paytda Samarqand shahrida jami 73 ta yo‘nalish bo‘yicha jamoat transporti harakati yo‘lga qo‘yilgan. Shundan 71 ta avtobus yo‘nalishida 595 ta avtobus hamda 2 mikroavtobus yo‘nalishida 29 ta mikroavtobus belgilangan jadval asosida harakatlanib, aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.
“Shuningdek, xizmat sifatini oshirish borasida boshqarma tomonidan belgilangan chora-tadbirlar asosida bosqichma-bosqich qator ishlar olib borilmoqda. Bunda aholidan tushadigan takliflar, bildirgilar fikr-mulohazalardan kelib chiqqan holda, shahar yo‘nalishlarida ishlayotgan avtobuslarning tarkibi bosqichma-bosqich yangilanmoqda”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)