Avstraliyaning Adelaida shahrida krossover haydovchisi avtomobil ostidan 16 kilometr yo‘l bosgan koalani topib oldi. Bu haqda “Motor” xabar bermoqda.
Haydovchi jonivorni mashina ostidan kelayotgan “yig‘i” ovozini eshitganidan so‘ng aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.
Koala oldingi podveska elementlari orasiga tiqilib qolgandi, shu sababli uni chiqarish uchun g‘ildirakni olishga to‘g‘ri keldi.
Jonivor qutqarilganidan so‘ng veterinariya xizmatiga topshirildi, bir necha kundan so‘ng esa ozodlikka qo‘yib yuborildi.
Izoh (0)