Rossiyaning “VIM-Avia” aviakompaniyasi barcha charter reyslarni bekor qildi, deb yozadi Meduza. “Rosaviatsiya”ga ko‘ra, u “VIM-Avia”ni “Uzoq Sharq shaharlariga ijtimoiy muhim yo‘nalishlar”ga almashtirish haqida Rossiya aviakompaniyalari bilan muzokaralar olib bormoqda.
Aviakompaniya egalaridan biri Rashid Mursekayev aytishicha, kompaniyada o‘z ishini davom ettirish uchun mablag‘ yo‘q. “Aylanma mablag‘lar tugab bitdi, moliyalashtirish to‘xtatildi. Aeroportlarda xizmat ko‘rsatish to‘xtatib qo‘yildi. Aviakompaniya parvozlarni amalga oshira olmagani sababli, tashqi aksilinqiroz boshqarmasini joriy qilish imkoniyatini o‘rganmoqdamiz”, — dedi u.
Rossiya sayyohlik operatorlari assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, “VIM-Avia” oktabr o‘rtalarigacha kamida 80 ming yo‘lovchini tashishi kerak edi.
Nashr eslatishicha, avvalroq Tergov qo‘mitasi “VIM-Avia” rahbariyatiga qarshi jinoyat ishi ochganini e’lon qilgan edi. Kompaniya rahbariyati yo‘lovchilarni tashiy olmasligini bilib turib, chiptalarni sotgan.
Izoh (0)