AQSh Dar’a viloyatida deeskalatsiya zonasini yaratish haqidagi kelishuvlar doirasida Suriya janubidagi ikkita bazasidan birini — Suriya-Iroq chegarasi yaqinida joylashgan Az-Zakfni yopdi, deb yozadi “Interfaks” “Izvestiya”ga tayanib.
Endi amerikaliklarda faqat bitta baza — Iordaniya bilan chegaradagi At-Tanf qoldi, demak muxolifatni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari keskin qisqaradi, muxolifat AQShni uni deyarli “sotib qo‘yganlik”da ayblamoqda, deyiladi maqolada.
AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi Az-Zakf bazasi yopilgani haqidagi axborotni tasdiqladi.
Izoh (0)