Iroq Kurdistonidagi referendumning har qanaqa natijasi Anqara uchun hech qanday qonuniy kuchga ega bo‘lmaydi, deb yozadi “TASS” Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonotiga tayanib.
“Referendum yakunlari xalqaro huquq nuqtai nazaridan ham, Iroq konstitutsiyasi nuqtai nazaridan ham qonuniy kuchga ega bo‘lmaydi”, — deyiladi bayonotda.
TIV ta’kidlashicha, “referendum o‘tkazilishi nafaqat Iroqdagi, balki butun mintaqadagi tinchlik va barqarorlikni xavf ostiga qo‘yadi”. Turkiya “uning milliy xavfsizligiga har qanday xavf solingan taqdirda, barcha choralarni ko‘rishini yana bir bora qayd etdi”.
Izoh (0)