AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inni “raketa odam” deb atashiga sabab KXDR tomonidan raketa sinovlarining o‘tkazilayotganidir. AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Gerbert Makmaster ABC va Fox News telekanallari efirida davlat rahbarining Twitter’dagi xabariga shunday izoh berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Kecha kechqurun Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan telefon orqali suhbatlashdim. Undan raketa-odam qanday yurganini so‘radim”, — deb yozdi Tramp ijtimoiy tarmoqdagi mikroblogida.
I spoke with President Moon of South Korea last night. Asked him how Rocket Man is doing. Long gas lines forming in North Korea. Too bad!
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) September 17, 2017
Jurnalist Trampning bu gaplariga to‘xtalar ekan, Makmasterdan bu o‘rinda rostanam Kim Chen In nazarda tutilgan-tutilmaganini aniqlashtirishini so‘radi.
“Aftidan, u”, — dedi siyosatchi.
“Negaki Shimoliy Koreya raketalar uchiradi”, — qo‘shimcha qildi u.
Makmaster so‘zining yakunida Vashington Pxenyanga bosim o‘tkazish siyosatini davom ettirishini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)