Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning qo‘llab-quvvatlanish darajasi qatorasiga uchinchi haftadan beri pastlashda davom etib, 67,1 foizni tashkil etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Realmeter sotsiologik agentligiga ko‘ra, bu o‘tgan haftaga nisbatan 2 foizga past va joriy yil may oyida hokimiyatga kelgan Mun Chje In uchun tarixiy minimum. O‘shanda uning reytingi 80 foizdan oshiq edi.
“Davlat rahbari reytingi pasayishi jamoatchilikning xavfsizlik va Shimoliy Koreya raketa uchirishlari borasidagi xavotirlari kuchayishi bilan bog‘liq”, — deya izoh berdi agentlik.
Janubiy Koreya prezidenti faoliyatidan norozi respondentlar soni ham o‘tgan haftaga nisbatan 2,2 foizga o‘sdi va 26,8 foizga yetdi.
Izoh (0)