Janubiy Koreya bosim o‘tkazish yo‘li bilan KXDRni raketa-yadro dasturidan voz kechishga majbur qiladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Mun Chje In Seulda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo-Tinch okeani qurolli kuchlari qo‘mondonligi vakillari forumi delegatlariga yo‘llagan videomurojaatida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Shimoliy Koreya raketa va atom bombalari emas, muloqot va hamkorlik xavfsizlikni ta’minlash va yorqin kelajakni kafolatlashning yagona yo‘li ekanligini anglab yetishi lozim”, — ta’kidladi Mun Chje In.
Mun Chje In Seul Pxenyanning raketa fitnalari, shuningdek, ommaviy qirg‘in qurollari va ularni yetkazish vositalarini yaratishda davom etayotgani uchun “beayov jazolanishi”ga erishishini bildirdi.
“Shunday yo‘l tutib, Shimolga yadro va raketa qurollaridan voz kechishdan boshqa imkoniyat qoldirmaymiz”, — dedi u.
Izoh (0)