Misr sudi IShIDning Liviyadagi bo‘linmasi bilan aloqasi uchun 7 kishini o‘lim jazosiga hukm qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Sudlanuvchilar IShID bilan bog‘liq guruhga aloqadorlik, qurol saqlash, zo‘ravonlik, 2015-yilda koptlarni qatl etishda ishtirok etganlikda aybdor deb topildi.
Misr qonunlariga ko‘ra, hukm mamlakat oliy muftiysi tomonidan ma’qullanishi lozim.
Bu ish bo‘yicha jami 20 kishi sud qilinmoqda, ularga yakuniy hukm joriy yil 25-noyabrda chiqariladi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)