IShID terrorchilik guruhi jangarlari Dayr-az-Zavrda Suriya armiyasiga taslim bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
“IShIDning bir nechta jangarisi hukumat kuchlariga taslim bo‘ldi. Hozircha gap faqat kam miqdorddagi jangarilar haqida ketmoqda”, — degan agentlikka intervyu bergan vakil.
Bu qanday holatda yuz berganiga aniqlik kiritilmagan. Manbaning fikriga ko‘ra, Dayr-az-Zavrda terrorchilar kuchsizlanib qolgan va uzoq vaqt qarshilik qila olmaydi.
Bir kun oldin Al-Muriya aholi punkti, shuningdek, Sarda va Karrum tog‘ maassivlari Suriya harbiylari tomonidan ozod qilingan. Jangarilar Dayr-az-Zavrdan 5—7 kilometr sharqqa chekingan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)