Rossiya prezidenti Vladimir Putin odamlarda ishonchlilik va so‘zining ustida turishini qadrlaydi. Bu haqda u Qirg‘iziston OAVlariga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Putinga ko‘ra, Qirg‘izistonning amaldagi prezidenti Almazbek Atambayev shunday xususiyatlarga ega inson.
“U so‘zining ustida turadigan odam. Kelishish qiyin, biroq kelishildimi — tamom, bajarish uchun oxirigacha boradi. Men ham o‘z navbatida shunga harakat qilaman va buni juda qadrlayman”, — ta’kidladi Putin.
“Atambayev bilan razvedkaga borgan bo‘larmidingiz?” degan savolga javoban Putin “Bilasiz, hozir razvedkada ishlamayman, garchi razvedka doim men bilan birga bo‘lsa ham. U bilan bundan kam bo‘lmagan muhim soha — davlat ishi bilan shug‘ullanamiz. O‘ylashimcha, buni yomon uddalamayapmiz”, — dedi hazilomuz.
Izoh (0)