Tojikistonning Xorog shahri aeroporti rahbari Dildor Maqsudshoyev Tojikiston prezidentining vertolyoti parraklari orasidan esgan kuchli shamol tufayli vafot etdi, deb xabar berdi “Interfaks”.
“Noxush hodisa Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning Tog‘li Badaxshon avtonom viloyatidagi Yaxchi qishlog‘iga uyushtirgan tashrifida sodir bo‘ldi. Prezident vertolyotining parraklaridan esgan shamol tufayli Xorog shahari aeroporti rahbari Dildor Maqsudshoyev yiqilib tushgan va boshi bilan toshga urilgan. Maqsudshoyev Darvoz tuman shifoxonasiga olib ketilayotganida vafot etgan”, — deb xabar berdi tuman Ichki ishlar boshqarmasi.
Ta’kidlanishicha, aeroport rahbari Tojikiston prezidentini Darvoz tumaniga uyushtirgan safari davomida unga hamrohlik qiluvchi amaldorlar orasida bo‘lgan.
Mahalliy hukumat Maqsudshoyevning o‘limini bema’ni tasodif deya hisoblamoqda.
Izoh (0)