Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Axaltekin ot majmuasiga tashrif buyurib, u yerda chavandozlik mashg‘ulotiga, shuningdek, yangi kitob ustida ishlashga vaqt ajratdi, deb yozadi “Turkmenistan segodnya” axborot agentligi.
Ot majmuasidagi tulporlarni ko‘zdan kechirib, ular boqiladigan sharoitlar bilan tanishgach, prezident Gunjurli uchqur otida sayr qildi.
Bundan tashqari, ot majmuasiga tashrifi chog‘ida davlat rahbari ijodiy ish bilan band bo‘ldi — otlar haqidagi yangi kitobi ustida ishladi. “Prezidentning ko‘plab tillarga tarjima qilingan hamda yilqichilik sohasidagi mutaxassislar orasida mashhur bo‘lgan kitoblarida axaltekin zotining nufuzi va shuhratini yoyish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)