AQShning Vashington shtati Spokan shahridagi katta sinflar o‘qiydigan maktabda o‘quvchilardan biri otishma uyushtirdi, kamida bir kishi halok bo‘ldi, deb yozadi Associated Press.
Guvohlar aytishicha, yigitcha to‘pponcha va miltiq bilan qurollangan bo‘lgan. “Mergan”ning o‘rtoqlaridan biri qurolni ko‘rib, unga to‘sqinlik qilmoqchi bo‘lgan, ammo otib tashlangan. Yana uch kishi yaralangan.
Twitter’da qotil deb taxmin etilayotgan o‘smirning surati va ism-sharifi e’lon qilindi.
Yigit bilan tanish bo‘lganlar ta’kidlashicha, u maktablardagi ommaviy qotilliklar haqidagi hikoyalar “shaydosi” bo‘lgan.
https://twitter.com/Breaking911/status/908156670345404417
Izoh (0)