Jaguar Land Rover kompaniyasi brend tarixidagi eng kuchli avtomobil bo‘ladigan XE SV Project 8 ni taqdim etdi. Bu haqda Autonews xabar berdi.
Sport sedanining namunasi 600 ot kuchiga ega bo‘lib, u Germaniyadagi Nyurburgring trassasida sinovdan o‘tdi. U o‘zgartirilgan besh litr sig‘imli V8 dvigateli bilan jihozlangan. Shuningdek, hammasi bo‘lib 300 ta avtomobil ishlab chiqariladi.
Izoh (0)