Toshkent shahrining markazi 8-sentabr, juma kuni (ertaga!) “O‘zbegim” an’anaviy madaniyat festivaliga mezbonlik qiladi. Konsertu rekord palov tayyorlanishi bilan bog‘liq tadbirlarning to‘liq ro‘yxati bilan bu yerda tanishish mumkin.
Festival munosabati bilan bilib qo‘yish zarur bo‘lgan yana bir ma’lumot — shahar markaziga olib boruvchi va undan o‘tuvchi 10 ta ko‘chaning ma’lum bir bo‘laklari 8-sentabr kuni yopiladi (Amir Temur haykali joylashgan maydonga avtomobilda yaqinlasha olmaysiz).
Shunday ekan, 8-sentabr kuni yo‘lda va yo‘l qidirib asabiylashmaslik uchun, quyidagi xaritani yaxshilab o‘rganib chiqing (uni tayyorlagani uchun “Gazeta.uz”ga rahmat!).
Izoh (0)