Xitoy mamlakat hududida faqat benzin yoki dizel dvigateli bilan jihozlangan avtomobillar ishlab chiqarish va sotishdan voz kechishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Meduza xabar berdi.
“Taqiq kiritilishining aniq sanasi hukumatda muhokama qilinmoqda”, — deb ma’lum qilgan Xitoy sanoat va axborot texnologiyalari vaziri o‘rinbosari Sin Gobin.
Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, faqat benzin yoki dizel dvigateli bilan jihozlangan avtomobillarga taqiq qo‘yilishi atrof-muhitga va xitoy avtosanoatining rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
O‘z navbatida, Xitoyning yengil avtomobil eksoportchisi Chery Automobile Co kompaniyasi raisi Lyu Chjitszyaning ma’lum qilishicha, taqiq 2040-yildan keyin kiritilishi mumkin. Bu vaqtga borib Fransiya va Buyuk Britaniya ham xuddi shunday ishga qo‘l urishni rejalashtirmoqda. “Bunday cheklovga tayyorlanish uchun xitoy bozoriga vaqt kerak”, — degan kompaniya rahbari.
Izoh (0)