Mercedes-AMG o‘zining yangi flagmani — kompaniyaning 50 yilligiga bag‘ishlangan Project One giperkarini taqdim etdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Avtomobil gibrid bo‘lib, 8 bosqichli uzatish qutisiga ega. 680 ot kuchiga ega 1,6-litrli V6 dvigateli bilan jihozlangan. Shuningdek, 4 ta elektr motor ham bo‘lib, ular F1 bolididagi kabi benzin dvigateliga montaj qilingan.
Giperkar soatiga 200 kilometr tezlikka 6 soniyada chiqishi aytilmoqda, maksimal tezligi esa soatiga 350 kilometrga teng.
2019-yildan ishlab chiqariladigan avtomobil narxi 2,7 million yevrodan boshlanadi. Bahosi qimmatligiga qaramay, mashinaning barcha nusxalari sotib bo‘lindi.
Izoh (0)