Rossiya fuqaroligini qabul qilgan fransiyalik aktyor Jerar Depardye Facebook ijtimoiy tarmog‘ida shaxsiy akkauntini ochdi. Bu haqda aktyorning MDH va Rossiyadagi vakili Yuliya Mosmanga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Jerar o‘zini yaxshi his qilmoqda, ko‘p ishlamoqda va turli madaniy loyihalarda ishtirok etishni davom ettirmoqda. U o‘zining shaxsiy akkauntida hayotidagi eng qiziqarli hodisalar, jumladan sahna ortidagi holatlar haqida ham hikoya qilishni rejalashtirmoqda”, — deydi aktyorning vakili.
Yuliya Mosman Jerar Facebook’dagi akkauntini shaxsan o‘zi nazorat qilishini aytib o‘tdi.
Izoh (0)