AQShning Kanzas-Siti shahrida (Missuri shtati) istiqomat qiluvchi erkak sevgan qiziga turmushga chiqishni taklif qilish chog‘ida uzukni daryoga tushirib yubordi. Bu haqda UPI agentligi xabar bermoqda.
Erkak qizni bog‘dagi chiroyli ko‘prik ustiga olib kelib, uning oldida tizzalab turdi, qutichani ochib uzukni olishga harakat qilganida uni tushirib yubordi. Uzuk ko‘prik ustida dumalab, daryoga tushib ketdi.
Juftlikning do‘stlari daryoga sakradi, ammo uzukni topa olmadi.
Yo‘qotilgan nikoh uzugi 4 ming dollar turar edi.
Fotograf Steysi Debni voqeani videoga oldi. Facebook’da chop etilgan rolik 100 ming marta ko‘rildi.
Izoh (0)