Avstraliyaning Sidney shahri plyajlaridan biriga yosh oq akula chiqib qoldi, deb yozmoqda The Guardian.
https://twitter.com/7NewsSydney/status/907157393187807232
Ta’kidlanishicha, quruqlikka chiqib qolgan akula yaralangan edi. Guvohlar qutqaruvchilarni chaqirgan. Qutqaruvchilar esa uni yaqin atrofda joylashgan umumiy suv havzasiga joylashtirgan. Hayvon u yerda mutaxassislar nazorati ostida bo‘ladi va okeanga qaytishga tayyor bo‘lmaguncha havzada qoladi.
Suv havzasi akula olib ketilguniga qadar tashrif buyuruvchilar uchun yopiladi.
Izoh (0)