Seul KXDR harakatlariga javoban AQSh taktik yadro qurolini mamlakatda joylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmayapti. Bu haqda Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Xva ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Mazkur masala bugungi kunda hukumat siyosati darajasida ko‘rib chiqilmayapti. Bizning siyosatimiz — yadro qurolidan xoli bo‘lishga butkul sodiqlikdan iborat”, — dedi Kan Gyon Xva.
Shu bilan birga, vazir jamoatchilik fikri kuzatib borilayotgani va keyingi paytda Janubiy Koreyaning yadro quroliga ega bo‘lishini qo‘llab-quvvatlovchilar soni ortib borayotganini yashirmadi.
Izoh (0)