Pentagon salkam 16 yildan beri davom etayotgan urushda ustunlikka erishish maqsadida Afg‘oniston harbiy-havo kuchlarini sezilarli darajada kuchaytirish niyatida. Bu haqda AQSh mudofaa vazirligi rasmiy vakili podpolkovnik Maykl Endryu ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Endryuga ko‘ra, Pentagon ishlab chiqqan 4 yillik rejaga muvofiq Afg‘onistonga 150 ta MD-530 Cayuse Warrior jangovar vertolyoti yetkazib beriladi.
Shuningdek, afg‘on harbiylariga 159 ta UH-60 Black Haw vertoleti, qo‘shimcha 6 ta A-29 Super Tucano turbovintli shturmchisi va 5 ta bir motorli turbovintli S-208 Combat Caravan samolyoti ham yetkazib beriladi.
Ma’lumot uchun, AQSh Kongressi joriy yil boshida Afg‘oniston HHK kuchini oshirish uchun 814 million dollar ajratgandi.
Izoh (0)