Noma’lum o‘g‘ri Yerevan markazidagi dorixonaga o‘g‘rilikka tushdi. Bu haqda “Vestnik Kavkaza” xabar bermoqda.
Mahalliy vaqt bilan taxminan 22:30 larda yuziga tibbiy niqob taqib olgan noma’lum shaxs dorixonaga bostirib kirdi va dorixona xodimidan tushum pullarini talab qildi.
Hodisa joyiga yetib kelgan politsiyachi, kriminalist-ekspert, tergovchi va kinologlar dorixona yaqinidagi yerda qoldirilgan tibbiy niqob, shapka va o‘yinchoq to‘pponchani topgan.
Ayni vaqtda jinoyatni ochish maqsadida tezkor qidiruv va surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘ri ishni oxiriga yetkaza olmagan va hodisa joyini pulsiz tark etgan.
Izoh (0)