AQSh prezidentligiga demokratlar partiyasidan sobiq nomzod, mamlakatning sobiq birinchi xonimi Hillari Klinton prezidentlikka o‘z nomzodini taklif qilishni rejalashtirmayapti. Bu haqda “Vedomosti” nashri xabar bermoqda.
“Men saylovlarda boshqa nomzod bo‘lmayman. Biroq men siyosatdagi faoliyatimni ham tugatmadim, sababi kartaga mamlakatimizning kelajagi tikilgan”,—deydi Klinton CBS News’ga bergan intervyusida.
Klintonning aytishicha, saylovlarda mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng 10 oy vaqt o‘tgan bo‘lsa hamki, bu holat uning uchun hamon “og‘riqli”.
U o‘zining asosiy xatosi ishga doir yozishmalarni shaxsiy pochtasi orqali amalga oshirganida deb biladi. Mazkur mojaro uning reytingiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan tekshiruv ishlariga sabab bo‘ldi. Shunday bo‘lsa ham, Klinton rasmiy ravishda aybdor deb tan olinmadi.
Klinton o‘z mag‘lubiyatida go‘yoki WikiLeaks sayti orqali unga qarshi kompromatni e’lon qilishda ishtirok etgan Rossiyani aybladi. Bu safar u Moskvaning ta’siri haqida yuzaki eslatib o‘tadi, o‘zining saylovoldi shtabi boshlig‘i Jon Podestaning yozishmalari haqida esa umuman gapirmadi.
Klintonning ta’kidlashicha, u g‘olib nomzod Donald Tramp kabi “realiti-shoularda ishtirok etmagan”, balki “an’anaviy saylov kampaniyasi” yuritgan.
Izoh (0)