AQSh prezidenti Donald Tramp Florida hududida “yirik tabiiy ofat” tartibini e’lon qilish haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Shuningdek, Tramp falokat hududida bo‘lganlarga federal yordam ko‘rsatishni topshirdi.
Yordam o‘z ichiga vaqtinchalik turar-joy, ta’mirlash ishlari haqini to‘lash, sug‘urta qilinmagan mol-mulkdan mahrum bo‘lganlik uchun to‘lovlarni o‘z ichiga oladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Florida shtati ma’muriyati “Irma” to‘foni sabab hudud aholisining 5,6 million nafarini evakuatsiya qilishga chaqirgandi.
Izoh (0)