Florida shimolida joylashgan Kichik Gaitida shifokorlar “Irma” to‘foni sabab homilador ayolning uyiga yetib ololmadi, deb xabar beradi Forum Daily.
Uyda yolg‘iz o‘zi bo‘lgan ayol shifokorlar yordamisiz farzandini dunyoga keltirishiga to‘g‘ri keldi.
Shifokorlar ayolga telefon orqali konsultatsiya berib turdi. Keyinroq, ona va yangi tug‘ilgan qizaloq tez yordam mashinasida shifoxonaga yetkazildi.
Mayamidagi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha direktor Pit Gomesning aytishicha, vaziyat xavfliligicha qolmoqda, shuning uchun qutqaruvchilar ekipaji ob-havo sharoiti yaxshilanmagunga qadar ishlashda davom etadi.
Shuningdek, u ob-havo sharoiti tufayli har doim ham chaqiruv bo‘yicha yetib borish imkoni bo‘lmayotganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, “Irma” to‘foni mutaxassislarning baho berishicha, Atlantika okeanida qayd etilgan to‘fonlarning eng kuchlisi sanaladi.
5-sentabr, seshanba kuni to‘fon Saffir-Simpson shkalasi bo‘yicha beshinchi darajaga yetdi.
Izoh (0)