12-sentabr kuni O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidentligi uchun saylovlar bo‘lib o‘tadi. Katta ehtimol bilan unda amaldagi rahbariyat davri tugaydi.
Bungacha O‘FF prezidenti Mirabror Usmonovga vitse-prezident sifatida yordam berib kelgan Sardor Rahmatullayev faoliyatini davom ettirishi haqiqatga yaqin. Chunki u bir vaqtning o‘zida Osiyo futbol konfederatsiyasi ijroqo‘mi a’zosi hisoblanadi.
Sardor Rahmatullayev qolgan rahbarlarga qo‘shilib, iste’foga chiqarilgan taqdirda ham OFKdagi faoliyatini kamida 2019-yil mayigacha davom ettirishi mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)