Kataloniya parlamenti mustaqillik to‘g‘risidagi referendumga oid qonunni qabul qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Avtonom hamjamiyat Ispaniyadan ajralishi tarafdorlariga ko‘ra, qonun ularga 1-oktabrda referendum o‘tkazish imkonini beradi.
Qonun loyihasi uchun parlamentda mutloq ko‘pchilikka ega bo‘lgan Kataloniya mustaqilligini yoqlovchi partiyalardan saylangan deputatlar ovoz berdi.
Ispaniya hukumati mazkur qarorni noqonuniy deb topdi va bu yuzasidan endi bahsga kirishadi.
Izoh (0)