AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatga bolaligida kelgan noqonuniy muhojirlarga istiqomat uchun guvohnoma olish huquqini beruvchi tartibni bekor qilishga qaror qildi, deb yozadi Reuters.
“Ko‘pchiligi ulg‘ayib katta bo‘lgan bolalarni ota-onalarining qilmishlari uchun jazolash tarafdori emasman. Ammo shuni anglashimiz kerakki, biz — qonun mamlakatimiz, va shu tufayli imkoniyatlar mamlakatimiz”, — deyiladi Amerika yetakchisi bayonotida.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Barak Obama noqonuniy muhojir bolalar tomonidan fuqarolik olinishi tartibini qabul qilib, Kongressning istagiga chap bergan. “Agar ijro etuvchi hokimiyat qonunlarni o‘z xohishiga ko‘ra qayta yoza olsa yoki bekor qila olsa, muhojirlik qonunchiligini isloh qilish imkoniyati yo‘q”, — deya xulosa qildi Tramp.
Izoh (0)