Suriya qo‘shinlari va ko‘ngillilar IShID jangarilari tomonidan o‘rab olingan Dayr-az-Zor shahri qamalini yorib o‘tish bo‘yicha operatsiyaga kirishdi. Bu haqda mazkur viloyat gubernatori Muhammad Ibrohim Samra ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Gubernatorga ko‘ra, sutka davomida qo‘shinlar 100 dan ortiq jangarini yo‘q qildi. Ularning aksariyati Rossiya va Suriya aviatsiyasi zarbalari davomida o‘ldirildi.
Hukumat kuchlari 4-sentabr, dushanba kuni shahar g‘arbidagi Al-Majbil tumanini egalladi. Suriya armiyasi zambaraklari ayni vaqtda jangarilarning As-Sarda tog‘idagi marralariga zarba bermoqda.
Izoh (0)