Bugun, 6-sentabr kuni qirg‘iz-o‘zbek chegarasidagi “Do‘stlik” nazorat punktining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi Daniyar Sidiqov “AKIpress”ga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, avvallari chegarani to‘y yoki janoza marosimlari sabab kesib o‘tish uchun nazorat punktida telegramma talab qilingan. “Endilikda bu kabi talablar umuman bo‘lmaydi”, — dedi elchi.
Shuningdek, uning ma’lum qilishicha, nazorat punki Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga uyushtirgan davlat tashrifi doirasida erishilgan bitimlar sabab ochiladi.
Izoh (0)