O‘zbekistondagi Amerika savdo palatasining oxirgi bosh assambleyasida palata a’zolari tomonidan direktorlar kengashining yangi tarkibi saylandi. Bu haqda UzReport xabar bermoqda.
Kengash jami 10 kishidan iborat bo‘lib, unda, jumladan, Xyugo Minderxoud (AKTE LLC) prezident, Tonu Gryunberg (Ucell) vitse-prezident, Nozi Orifjonova palata ijrochi direktori sifatida qayd etilgan.
1997-yilda ro‘yxatdan o‘tgan Amerika savdo palatasi bugungi kunda O‘zbekistonda rasman qayd etilgan yagona xorijiy palata va xalqaro biznes vakillarini birlashtiruvchi yetakchi tashkilot hisoblanadi.
Xalqaro tajriba va O‘zbekiston hamda AQSh huqunazorat me’yorlariga muvofiq o‘z a’zolari biznes manfaatlarini ilgari surish tashkilotning asosiy vazifasi sanaladi.
Izoh (0)