O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistongaga davlat tashrifi doirasida 6-sentabr kuni Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isakovni qabul qildi, deb xabar berdi O‘zA.
Shavkat Mirziyoyev Sapar Isakovni Qirg‘iziston Respulikasi Bosh vaziri lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi.
O‘z navbatida Sapar Isakov Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi yuksak ahamiyatga egaligini ta’kidladi va mazkur tashrif davlatlarimiz o‘zaro manfaatli hamkorligida yangi bosqichni boshlab berganini qayd etdi.
Uchrashuvda tashrif yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar, imzolangan hujjatlar ikki xalq o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini har tomonlama mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.
Uchrashuv doirasida O‘zbekiston hukumati bilan Qirg‘iziston hukumati o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining chegaraoldi viloyatlari hokimlari va Qirg‘iziston Respublikasi hukumatining chegaraoldi viloyatlaridagi vakolatli vakillari Kengashini tashkil etish to‘g‘risida anglashuv memorandumi imzolandi.
Izoh (0)