“O‘zbegim” an’anaviy madaniyat festivali tashkiliy qo‘mitasi 8-sentabrda o‘tkaziladigan tadbir oldidan matbuot anjumani o‘tkazdi. Unda aytilishicha, festivalning asosiy voqeasi eng katta palov damlanishi bo‘ladi, deb xabar berdi “Kommersant.uz”.
Umumiy og‘irligi 8 tonna bo‘lishi kutilayotgan gigant-palovga quyidagi masalliqlar solinadi:
Mol go‘shti – 1500 kilogramm, qo‘y go‘shti – 400 kilogramm, dumba – 220 kilogramm, guruch – 1900 kilogramm.
Shuningdek, bahaybat qozondan 2700 kilogramm sabzi, 220 kilogramm piyoz, 440 litr o‘simlik yog‘i va 57 kilogramm tuz “joy oladi”.
Bundan tashqari, 100 kilogramm no‘xat, 190 kilogramm mayiz, 5 kilogramm zira, 2 kilogramm murch taomga o‘zgacha ta’m beradi.
Palov Mehribonlik va Muruvvat uylariga, nogironlarga tarqatiladi.
Festival doirasida, shuningdek, Ko‘ngilochar konsert, dorbozlar chiqishi, amaliy san’at bo‘yicha mahorat saboqlari, modalar namoyishi va boshqa ko‘plab tadbirlar rejalashtirilgan.
Izoh (0)