Italiyalik travmatolog jarrohlar bilan O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan operatsiyalarning ikkinchi kunida Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazida navbatdagi operatsiya o‘tkazildi, deb xabar berdi “O‘zbekiston 24”.
Ushbu operatsiya travmatologiya sohasidagi murakkab jarrohlik amaliyoti hisoblanadi. Bu yerda jarrohlar yangicha usulda amaliyotni amalga oshirishmoqda. Ya’ni bunda bemor kam qon yo‘qotadi, tanasi kichik hajmda kesiladi va operatsiya tez fursatda yakunlanadi.
So‘ng bemor 2—5 kun ichida oyoqqa turib ketadi. Bu kabi jarrohlik amaliyotlari O‘zbekistonning boshqa shifoxonalarida ham amalga oshirilmoqda.
Izoh (0)