Livanning “Hizbulloh” tashkiloti AQSh aviatsiyasini IShID jangarilari evakuatsiya qilinayotgan avtobuslar harakatlanishi va ularga gumanitar yordam yetkazishga xalaqit berishda aybladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Tashkilot bayonotiga ko‘ra, avtobuslarda nafaqat IShID jangarilari, balki ularning oila a’zolari, keksalar, qariyalar va homilador ayollar bo‘lgan.
Olti avtobusdan iborat konvoy Suriya hukumati nazoratidagi hududda qolgan. Konvoy jangarilar “Hizbulloh” bilan erishgan kelishuv doirasida Iroq bilan chegara yaqinidagi IShIDga tobe hududlarga yo‘l olgandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)