Polsha rasmiylari Afrika cho‘chqa o‘lati tarqatuvchisi hisoblanadigan yovvoyi to‘ng‘izlar migratsiyasi oldini olish uchun Ukraina va Belarus chegarasida devor qurish loyihasini ishlab chiqdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar berdi.
Mamlakat qishloq xo‘jaligi vaziri Kshishtof Yurgelga ko‘ra, uzunligi 729 kilometr bo‘lgan devor qurilishi 30 million dollar baholanmoqda. Devor loyihasi huquqiy va ekologik ekspertizasi natijalari ikki-uch hafta davomida ma’lum bo‘ladi.
Mahalliy ekspertlar Afrika cho‘chqa o‘latini Polshaga Belarusdan o‘tgan yovvoyi to‘ng‘izlar keltirgan deb hisoblaydi. Iyun, iyul va avgust kasallik ayniqsa tez tarqaladigan oylar sanaladi.
Izoh (0)