Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Ichki ishlar boshqarmasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limining yangi bino qurib bitkazildi va ishga tushirildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Toshkent shahar IIBB poytaxtning Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlarida fuqarolarning qabuli ertalabki soat 09:00 dan 18:00 ga qadar amalga oshirilishini (profilaktika kuni, yakshanba hamda boshqa dam olish kunlaridan tashqari) fuqarolar tizimga doir turli yo‘nalishlar yuzasidan murojaat etishlari mumkinligini eslatib o‘tadi.
Izoh (0)