• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyevning Toshkentda Islom Karimov haykalining ochilishidagi nutqi

    Bugun, 31-avgust kuni Toshkentdagi Oqsaroy qarorgohi oldida O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali ochildi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning marosimdagi nutqini O‘zA keltirdi.

    Foto: Facebook / Shavkat Mirziyoyev

    Foto: Facebook / Shavkat Mirziyoyev

    Qadrli vatandoshlar!

    Hurmatli Tatyana Akbarovna!

    Aziz mehmonlar!

    Bugun sizlar bilan azim Toshkentning tabarruk maskani – Oqsaroy qarorgohi oldida muhim tarixiy voqea munosabati bilan to‘planib turibmiz.

    Buyuk davlat va siyosat arbobi, mustaqil davlatimiz asoschisi, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti muhtaram Islom Abdug‘aniyevich xotirasiga bag‘ishlab bunyod etilgan haykalning ochilish marosimida ishtirok etmoqdamiz.

    Islom Abdug‘aniyevich butun umrini jonajon O‘zbekistonimiz uchun, uning ozodligi va buyuk kelajagi uchun bag‘ishladi.

    Islom aka tariximizning eng murakkab va og‘ir davrida – millatlararo ziddiyatlar avj olgan, iqtisodiyot chuqur inqirozga uchrab, respublikamiz jar yoqasiga kelib qolgan keskin va tahlikali bir sharoitda mamlakatga rahbarlik qilish mas’uliyatini o‘z zimmasiga oldilar.

    Vatanimiz tarixida yangi davr boshlangan kun – 1991-yil 31-avgustda Islom Abdug‘aniyevich O‘zbekiston mustaqilligini e’lon qildilar va chorak asr davomida davlatimizni izchillik va sobitqadamlik bilan boshqardilar.

    Birinchi Prezidentimiz rahbarligi ostida tarixan qisqa davrda yurtimizda keng ko‘lamli tarkibiy islohotlar amalga oshirildi. Yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi sanoat tarmoqlari barpo etildi va rivojlantirildi. Zamonaviy yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari bunyod etildi. Qishloq xo‘jaligida chuqur islohotlar amalga oshirildi.

    Islom Abdug‘aniyevich boshchiligida Vatanimiz mustaqilligi va sarhadlarimiz daxlsizligini, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ishonchli himoya qilishga qodir bo‘lgan zamonaviy milliy armiya barpo etildi.

    Buyuk Yurtboshimizning tashabbusi bilan mamlakatimizda ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash, muqaddas dinimiz, urf-odatlarimiz, bebaho tarixiy merosimizni asrab-avaylash va rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.

    Islom Abdug‘aniyevich o‘z hayoti va faoliyatining mazmuni bo‘lgan “Bizdan ozod va obod Vatan qolsin!” degan ezgu g‘oyani ilgari surdilar va bu da’vat barchamizning qalbimizdan chuqur joy oldi.

    U kishi “Elim deb, yurtim deb, yonib yashash kerak” degan o‘zining g‘oyasiga bir umr amal qilib, kelajak avlodlar uchun buyuk ibrat maktabini yaratdilar.

    Islom aka millatning haqiqiy yetakchisi sifatida ona xalqini, go‘zal va betakror O‘zbekistonni jonidan ham ortiq sevar, uning manfaatlarini himoya qilish va ro‘yobga chiqarishni o‘z hayotining bosh maqsadi, deb bilar edilar.

    O‘z navbatida, xalqimiz ham doimo el-yurt tashvishi bilan yashagan Birinchi Prezidentimizni cheksiz mehr bilan sevar va o‘zining ulug‘ rahbari sifatida u kishi bilan haqli ravishda faxrlanar edi.

    Hurmatli vatandoshlar!

    Birinchi Prezidentimizning xotirasini abadiylashtirish uchun xalqimiz, keng jamoatchilikning xohish-istaklari va takliflarini inobatga olib amalga oshirayotgan ishlarimiz, o‘ylaymanki, barchangizga yaxshi ma’lum.

    Toshkent shahridagi xalqaro aeroport, Toshkent davlat texnika universiteti, Asaka avtomobil zavodi, Farg‘ona shahridagi San’at saroyi, poytaxtimiz va hududlarimizdagi markaziy ko‘chalar, Oqsaroy qarorgohida o‘z faoliyatini boshlagan ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi, maxsus xayriya jamoat fondi Islom Abdug‘aniyevichning muborak nomlari bilan ataldi.

    2-sentabr kuni xayrli ishlarimizning davomi sifatida Islom Abdug‘aniyevich tug‘ilib voyaga yetgan, mangu orom topgan azim Samarqand shahrida ulug‘ Yo‘lboshchimizning haykali ochilishiga bag‘ishlangan marosim o‘tkaziladi.

    Shuningdek, Qarshi shahrida haykal o‘rnatish va Samarqand shahrida yodgorlik majmuasini barpo etish bo‘yicha boshlagan ishlarimizni to‘liq yakunlab, u kishining tug‘ilgan kuniga 80 yil to‘ladigan sana – 2018-yil 30-yanvarda tantanali ochilish marosimini o‘tkazamiz.

    Muhtaram do‘stlar!

    Birinchi Prezidentimiz hayotining eng faol va jo‘shqin paytini – talabalikdan boshlab umrining oxiriga qadar bo‘lgan davrni azim Toshkent shahrida o‘tkazdilar. O‘zlarining bor bilim va salohiyatini, g‘ayrat-shijoatini O‘zbekistonimizning barcha hududlari qatori poytaxtimizning yanada obod va ko‘rkam bo‘lishiga, gullab-yashnashiga bag‘ishladilar.

    Islom Abdug‘aniyevich Toshkentni Vatanimizning oltin ostonasi, deb atar edilar.

    U kishining “Toshkent timsolida O‘zbekistonni, O‘zbekiston timsolida Toshkentni ko‘ramiz” degan chuqur ma’noli so‘zlarini shu bugungi tarixiy kunda yana bir bor esga olish o‘rinli, deb o‘ylayman.

    Birinchi Prezidentimiz tomonidan barpo etilgan mana shu qarorgohda u kishining davlat rahbari sifatidagi faoliyatining eng yorqin damlari o‘tgan edi.

    Aynan shu yerda xalqimiz, mamlakatimiz taqdiri va kelajagiga oid g‘oyat muhim bo‘lgan ko‘plab farmon va qarorlar qabul qilingani sizlarga yaxshi ma’lum.

    Bundan bir yil oldin boshimizga tushgan og‘ir musibat tufayli huvillab qolgan Oqsaroy qarorgohi bugun Islom akaning mehrli siymosi tufayli yanada ochilib, nurafshon bo‘lib, el-yurtimizni o‘z bag‘riga chorlamoqda.

    Bugun ushbu qarorgoh oldida xalqimiz, davlatimiz nomidan buyuk Yo‘lboshchimizning xotirasiga hurmat-ehtirom ko‘rsatar ekanmiz, o‘ylaymanki, barchamiz Islom Abdug‘aniyevichning bu muazzam haykali shu maydonga alohida ulug‘vorlik va salobat bag‘ishlab turganiga guvoh bo‘lmoqdamiz.

    Ishonchim komil, bugundan boshlab ushbu majmua butun xalqimiz uchun bir umrga qutlug‘ va tabarruk qadamjo bo‘lib qoladi, albatta.

    Toshkent ahli, mamlakatimizning barcha shahar va qishloqlaridan keladigan vatandoshlarimiz, chet ellik mehmonlar, davlat va jamoat arboblari bu yerga tashrif buyurib, yodgorlik majmuasini ziyorat qilib, Birinchi Prezidentimiz xotirasiga hurmat bajo keltiradilar.

    Bu maskanga qadam qo‘ygan har bir inson muhtaram Islom Abdug‘aniyevich yurgan yo‘laklardan, xiyobonlardan o‘tib, muzey bilan yaqindan tanishib, istiqlolimiz me’mori va asoschisi bilan xayolan uchrashgandek, muloqot qilgandek bo‘ladi.

    Barchamizga yaxshi ma’lum, O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatidan munosib o‘rin egallashida ham Islom Abdug‘aniyevichning xizmatlari beqiyosdir.

    Fursatdan foydalanib, bugungi marosimda ishtirok etayotgan, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlarning elchilari va diplomatik korpus vakillariga O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti xotirasiga ko‘rsatayotgan hurmat va e’tiborlari uchun chin qalbimdan minnatdorlik bildirishga ruxsat etgaysiz.

    Aziz do‘stlar!

    Ishonaman, Islom Abdug‘aniyevichning muhtasham haykali qad rostlagan ushbu qutlug‘ maskan xalqimiz, barcha yoshlarimiz uchun Vatanga yuksak mehr va sadoqat ko‘rsatib yashashning chinakam timsoliga aylanadi, katta tarbiya va ibrat maktabi bo‘lib xizmat qiladi.

    Oradan yillar, asrlar o‘tadi, muhtaram Birinchi Prezidentimizning nomi va u kishi boshchiligida amalga oshirilgan buyuk ishlar yurtimizning shonli tarixida o‘chmas sahifa bo‘lib mangu qoladi.

    E’tiboringiz uchun rahmat.

    31.08.2017, 21:29   Izoh (0)   18424
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Mustaqilligining 26 yilligi, Toshkentda ochilgan Islom Karimov haykali, Xitoyga mag‘lub bo‘lgan Babayan shogirdlari va kunning boshqa muhim xabarlari

    31.08.2017, 21:20

    Lola Karimova-Tillayeva O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti haykali poyiga gul qo‘ydi (foto)

    31.08.2017, 19:28

    Yuqori Chirchiq tumanida mahalla raisi pora olayotgan vaqtda ushlandi

    31.08.2017, 19:05

    Milliy matbuot markazida energetik resurslar hisoblagichlarini qiyoslashdan o‘tkazish jarayonlarini takomillashtirishga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi...

    31.08.2017, 17:50

    Shavkat Mirziyoyev sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish haqidagi qarorni imzoladi

    31.08.2017, 16:51

    O‘zbekiston—Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilishi masalalari bo‘yicha uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

    31.08.2017, 16:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ekologik nazoratda sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalaniladi

    O‘zbekiston | 25 may, 15:50

    Rasman. Xabi Alonso — “Real Madrid” bosh murabbiyi

    Sport | 25 may, 15:24

    Hindiston chegarachilari davlatga noqonuniy kirishga uringan pokistonlikni otib o‘ldirdi

    Dunyo | 25 may, 15:09

    Kevin de Bryuynening keyingi manzili qaysi chempionat bo‘lishi ma‘lum bo‘ldi — manba

    Sport | 25 may, 14:16

    Xitoy aeroportida ayol yuzni aniqlash skaneridan o‘tolmagani uchun makiyajini o‘chirishga majbur bo‘ldi (video)

    Layfstayl | 25 may, 14:11

    O‘zbekistonda imtiyozli toifaga kiruvchilar davlat hisobidan davolanadigan kasalliklar ro‘yxati qayta tasdiqlanadi

    O‘zbekiston | 25 may, 13:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.