O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda davlat rahbarining rasmiy sayti ma’lum qilmoqda.
Qaror qabul qilinishidan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad sudlar faoliyati ochiqligi, shaffofligi va tezkorligini ta’minlashdan iborat bo‘lib, sudlarda ishlarni o‘z vaqtida ko‘rilishi ustidan samarali nazorat tizimini yaratish maqsadida ularning ishini avtomatlashtirish va faoliyati haqidagi ma’lumotlarni tizimlashtirishni nazarda tutadi.
Shuningdek, sudlarda ish ko‘rilishi samaradorligini ta’minlovchi axborot tizimlari va resurslarini takomillashtirish, sudlar tizimida axborot xavfsizligi va xavfsiz elektron hujjat aylanishini ta’minlash, sudyalar va sud xodimlarining kompyuter savodxonligi va o‘z ishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish darajasini oshirishga e’tibor qaratilgan.
Mazkur qaror bilan 2017—2020-yillarda sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish dasturi tasdiqlandi.
Izoh (0)