KXDR yetakchisi Kim Chen Inning rafiqasi yil boshida uchinchi farzandini dunyoga keltirgan, deb yozadi “Korrespondent.net” Janubiy Koreya razvedkasiga tayanib.
Taxmin qilinishicha, Li Sol Chu uchinchi farzandini fevral oyida dunyoga keltirgan, chunki 2016-yilning to‘qqiz oyi davomida u omma oldiga chiqmagan.
Yonhap agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Kim Chen In va xonanda Li Sol Chu 2009-yilda turmush qurgan. 2010 va 2013-yillarda ularning ilk ikki farzandi tug‘ilgan.
Amerikalik basketbolchi Dennis Rodman 2013-yilda KXDRga tashrif buyurgach, Kim Chen Inning ikkinchi farzandi — Kim Chju E ismli qizcha ekanligini ma’lum qilgan edi. Qolgan bolalarining ismlari va jinslari noma’lum.
Izoh (0)