Qozog‘istonning Semey shahrida turnaqator yuk mashinalarini videoga olishdi, deb yozadi “Inform.kz”.
Videokadrlarda kelin-kuyovlar orasida ommabop bo‘lgan “Muqaddas buloq” ziyoratgohiga og‘ir yuk mashinalaridan iborat to‘y korteji yetib kelganini ko‘rish mumkin. Kelin va kuyov o‘z to‘ylarini boshqalarnikiga o‘xshamagan, noodatiy tarzda nishonlashga qaror qilgan ko‘rinadi, deyiladi xabarda.
Uchta oq yuk mashinasi rang-barang sharlar, tasmalar, yurakchalar bilan bezatilgan. Yuk mashinalariga yana bir nechta mashina hamrohlik qilgan.
Izoh (0)