• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.92
    • RUB155.96
    • EUR14630.36
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Bir finjon qahva uchun millionlar: AQSh sobiq prezidentlari qanday daromad qiladi?

    Global davlat prezidenti bo‘lish nafaqat sharafli va nufuzli, balki foydali hamdir. AQSh Kodeksining uchinchi moddasida prezidentlik maoshi yiliga 400 ming dollar qilib belgilangan. Bundan tashqari, maishiy xarajatlar uchun har yili 50 ming dollar, safarlar uchun — 100 ming dollar (soliqqa tortilmaydi) va hordiq chiqarish uchun 19 ming dollar ajratiladi, deb yozadi InsiderPro.

    Foto: Forbes

    Foto: Forbes

    Saylangan prezidentlar, odatda, kambag‘al emas va ko‘pincha o‘z maoshini turli xayriya loyihalariga sarflaydi. Donald Tramp kichik Bushdan o‘rnak oldi va bu pullarni veteranlar va onkologik bemorlarga berdi. Prezidentlar buni ongli ravishda amalga oshiradi va kam-ko‘stsiz kelajak o‘n yilliklar davomida daromad keltiradigan siyosiy merosning shakllanishiga bog‘liq bo‘lishini yaxshi tushunadi. Buni qanday amalga oshirish mumkin? Sobiq prezidentlar Oq uydan tashqarida qanday millionlab dollar ishlaydi?

    Lobbistik faoliyat to‘g‘risidagi federal qonunlar sobiq prezidentlar uchun rasmiy lobbizmga umrbod taqiq qo‘yadi. Bu davlat rahbari maqomi keng aloqalarni yo‘lga qo‘yish va turli davlat institutlariga ta’sir ko‘rsatish imkonini berishi bilan bog‘liq. Iste’foga chiqqandan so‘ng ushbu aloqalardan foydalanish, 1946, 1995 va 2007-yillar qonunlari mualliflari fikricha, Qo‘shma Shtatlar milliy manfaatlari uchun xavf tug‘diradi.

    Biroq qonunlar sobiq prezidentga jamoatchilik faoliyati (norasmiy lobbizm) bilan shug‘ullanishni taqiqlamaydi. Demokrat Lindon Jonsondan boshlab deyarli barcha yetakchilar noramiy uchrashuvlarda (qahva lobbizmi) turli biznes tarmoqlari vakillariga konsultatsiya bergan. Biroq menejer, advokat va buxgalterlar buni konsultatsiya sifatida emas, biznesmen sobiq prezident bilan tushlik qilish va undan avtograf hamda fotosurat olish uchun pul to‘lashga tayyor “jentlmenlar uchrashuvi” sifatida rasmiylashtiradi.

    Bunday uchrashuvlarning bahosi ko‘plab omillar: prezidentlik davridagi ta’siri, reytinglari, subyektiv yoqtirish va boshqalarga bog‘liq. Sovuq urush g‘oliblari — prezidentlar Ronald Reygan va Jorj Gerbert Uoker Bush katta shuhrat qozongan edi. Reygan haqida ko‘plab kitoblar muallifi Kiron Skinnerning yozishicha, Ronni deyarli har kuni biznes-elita vakillari bilan uchrashgan, uning jadvali esa bir necha oy oldinga belgilab qo‘yilgan. U Oq uydan ketgandan keyingi 13 yil ichida “Ronald va Nensi Reygan” jamg‘armasiga faqat rasmiy ravishda 40 million dollardan ko‘proq yo‘naltirilgan. O‘z navbatida, katta Bush Kongressda Texas qonun chiqaruvchilari orqali energetik lobbi manfaatlarini norasman ilgari surib, yana uzoq vaqt neft biznesi bilan faol shug‘ullanishda davom etgan. Bundan tashqari, otasining saqlanib qolgan aloqalari kichik Jorjga 2000-yil saylovlaridagi g‘alabasida muhim rol o‘ynagan.

    “Qahva lobbizm”idan tashqari sobiq prezidentlar intervyu, maqolalar va leksiyalar o‘qigani uchun ham kattagina gonorarlar oladi. Yetakchi OAVlari “yomon nom chiqargan” prezidentlar — Lindon Jonson (Vyetnam urushi), Richard Nikson (Uotergeyt mojarosi), Bill Klinton (Monika Levinski ishi bo‘yicha yolg‘on guvohlik berish) va kichkina Jorj Bush (Afg‘oniston va Iroqdagi urush) bilan suhbatlashish imkoniyati uchun saxiylik bilan haq to‘laydi.

    Britaniyalik jurnalist Devid Frost Nikson bilan intervyular seriyasi uchun 200 ming dollardan ortiq to‘lagan. Intervyular davomida sobiq prezident Uotergeyt uchun Amerika xalqidan uzr so‘ragan. Klinton Amerika siyosati hiyla-nayranglari haqida hikoya qila turib, gonorar sifatida butun dunyo massmediasidan 1 million dollardan ortiq haq olgan. 2001-yildan 2015-yilga qadar Klintonlar oilasi aristokratlar ziyofatlaridagi ishtiroki, universitetlarda ma’ruza o‘qish va xususiy tadbirlar hamda xalqaro konferensiyalardagi ishtiroki bilan 153 million dollar ishlagan.

    O‘z navbatida, kichkina Bush televideniye, radio va jurnallarning ko‘p millionlik takliflarini rad etish bilan OAVlarini rad etish bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Biroq u Xyuston universitetidagi ma’ruzalar seriyasi uchun 200 ming dollar oldi.

    Monografiya va memuarlar sotuvidan ham anchagina mablag‘ ishlanadi. Trampdan avvalgi prezident — Barak Obama barcha bosma materiallari, jumladan, prezidentlik memuarlarini nashr qilish uchun 30 million dollarlik eksklyuziv shartnoma imzoladi. Yangi kitobini nashrdan chiqarishga tayyorgarlik ko‘rayotgan sobiq birinchi xonim Mishel Obama alohida 10 million dollar oldi. Hozircha bu mutloq tarixiy rekord: shu kabi faoliyati uchun kichkina Bush va Klinton atigi 4,5 million dollar daromad qilgan. Memuarlari uchun 320 ming dollar olgan Jimmi Karter hammadan kam haq olgan.

    Bugungi kunda Obama o‘z prezidentlik kutubxonasi va tadqiqot markazi ochish uchun mablag‘ to‘plamoqda. U yerda uning sakkiz yillik boshqaruvi davridagi barcha arxiv hujjatlari saqlanadi. Turli OAVlari Obama oilasi allaqachon 240 million dollar to‘plashga muvaffaq bo‘lganligini ma’lum qilmoqda. Bu kichkina Bush va Klinton birgalikda to‘plagan mablag‘dan uch karra ortiqdir.

    29.08.2017, 15:38   Izoh (0)   16447
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Janubiy Koreya mudofaa vaziri KXDR muammosini muhokama etish uchun AQShga jo‘nab ketdi

    29.08.2017, 13:57

    Germaniyadagi migrantlar o‘tgan yil davomida o‘z vatanlariga rekord miqdorda mablag‘ jo‘natishdi

    29.08.2017, 13:31

    Suriya va Livan chegarasi IShID jangarilaridan ozod etildi

    29.08.2017, 13:19

    Tojikistonda mikroavtobusning daryoga qulashi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

    29.08.2017, 13:06

    Raqqa 2 oy mobaynida IShID jangarilaridan ozod qilinishi bildirildi 

    29.08.2017, 12:52

    Janubiy Koreya KXDR bilan chegara yaqinida bombalar tashladi

    29.08.2017, 12:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Kichik xonada istiqomat, saraton tashxisi va tarixiy rekord. Hamzat Chimayevning chempionlikka qadar bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘li haqida

    19 avgust, 14:57

    Belgiya maktablarida telefondan foydalanish taqiqlanadi

    19 avgust, 11:31

    “Skibidi”, “delulu”: Kembrij lug‘atiga TikTok’da mashhur bo‘lgan o‘smirlar so‘zlari qo‘shildi

    19 avgust, 10:36

    Zelenskiy va Tramp uchrashuvida nimalar muhokama qilindi?

    19 avgust, 09:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Finlyandiyada deputat parlament binosida o‘z joniga qasd qildi

    Dunyo | 20 avgust, 00:29

    AQSH Ukrainada qo‘shin joylashtirmaydi — Oq uy

    Dunyo | 20 avgust, 00:03

    “Qo‘llari bilan uryapti deb o‘ylagandim”: Toshkentda xotinini salkam 20 marta pichoqlagan erkakka hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 19 avgust, 23:45

    O‘shda O‘zbekiston—Qirg‘iziston biznes forumi bo‘lib o‘tdi

    O‘zbekiston | 19 avgust, 23:35

    Makron Putinning Ukrainada “hozir tinchlikka erishishga tayyor ekanligiga” shubha bildirmoqda

    Dunyo | 19 avgust, 23:25

    Kolumbiyada yangi tug‘ilgan qizaloqqa ChatGPT sharafiga ism berildi

    Dunyo | 19 avgust, 23:15

    Tramp Ukrainadagi tinchlik uni jannatga yetaklashi mumkinligiga umid bildirmoqda

    Dunyo | 19 avgust, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.