Tojikiston sharqidagi Roshtkala — Xorog yo‘lining 20-kilometrida Starex mikroavtobusi daryoga qulashi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Tog‘li Badaxshon avtonom viloyati favqulodda vaziyatlar qo‘mitasiga ko‘ra, avariya 28-avgust, dushanba kuni mahalliy vaqt bilan 7:30 da ro‘y berdi. Haydovchi boshqaruvni uddalay olmagani va mikroavtobus Shoxdara daryosiga qulagani bildirilmoqda.
Mikroavtobusdagi 13 kishidan 10 nafari, jumladan, 4 nafar bola halok bo‘ldi. Haydovchi va ikki yo‘lovchi omon qoldi. Ular Xorog shahri kasalxonasiga yetkazildi.
Izoh (0)