Suriya shimolidagi IShID nazoratida bo‘lgan Raqqa shahrini ozod qilish ikki oy mobaynida yakunlanadi. Bu haqda “Demokratik Suriya kuchlari” qurolli koalitsiyasi zobiti Navro‘z Ahmad ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Biz Raqqa uchun jang yakunlanadigan aniq muddatni ayta olmaymiz, chunki urushning o‘z qonuniyatlari bor. Biroq bu kampaniya uzoq davom etishini ham kutayotganimiz yo‘q: hisob-kitoblarimizga ko‘ra, jang ikki oydan ortiqqa cho‘zilmaydi”, — dedi qurolli muxolifat vakili.
Navro‘z Ahmad hozirda “Demokratik Suriya kuchlari” Raqqa janubi-sharqidagi IShIDning ko‘plab jangchilari qochgan Dayr az-Zor viloyatiga hujumni rejalashtirmayotganini bildirdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)