Chipolo kompaniyasi Bluetooth-mayoqli plastik kartani taqdim etdi va uni “dunyodagi eng ingichka Bluetooth-treker” deb atadi. Bu haqda “Hi-tech.mail.ru” xabar bermoqda. Uni hamyoningizga boshqa kartalar bilan birga solib qo‘ysangiz, hamyon qayerda ekanligidan doimo xabardor bo‘lib turasiz.
Bor-yo‘g‘i 2,15 mm qalinlikdagi Chipolo Card 95-DB dinamiklar, bir yilga yetadigan batareya bilan jihozlangan va 60 metrli radiusda ishlaydi. 2,15 mm — taxminan uchta kredit kartasining qalinligiga teng bo‘lsa-da, hali hech kim bemalol hamyonga solib qo‘yish mumkin bo‘lgan Bluetooth-mayoqni yarata olmagan edi.
Shu tariqa, qurilma ko‘pchilik hamyonlarga yoki hatto smartfonlar va planshetlarga to‘g‘ri keladi (g‘ilofiga solinadi). Shunda ularni hech qachon yo‘qotmaysiz, hech bo‘lmasa, uyingizda.
Odatda yo‘qolgan buyumlardagi mayoqlar iPhone yoki Android smartfoningizdan 30—60 metr radiusda talabga ko‘ra ancha baland tovushli signal berishni boshlaydi. Shunda siz yo‘qolgan narsani osongina topib olasiz. Shuningdek, mayoq signal bermagan taqdirda ham, mayoqqa ulangan qurilma uning ishlash zonasiga tushib qolsa, siz uning joylashgan joyi haqida avtomatik tarzda ogohlantirish olasiz.
Izoh (0)