• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12715.13
    • RUB161.75
    • EUR14730.48
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Narxoz”dagi “tasodiflar”: TDIUdagi kirish imtihonlari bo‘yicha shubhali belgilar topildi

    Mavzuga doir: O‘zMUda ham TDIU kirish imtihonlaridagi kabi shubhali “tasodifiy holat” aniqlandi

    Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘z blogida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 1-avgust kuni o‘tkazilgan test imtihonlari natijalari yuzasidan maqola e’lon qildi. Maqolada imtihonlarning haqqoniy va adolatli o‘tgani shubha ostiga olingan, bunda huquqshunos asosan imtihon natijalariga asoslanib fikr bildirgan.

    “Daryo” Xushnudbek Xudoyberdiyevning maqolasini juz’iy tahrir va qisqartirishlar bilan qayta e’lon qiladi.

    “Narxoz”dagi “tasodiflar”

    Bu yil 1-avgustdagi qabul jarayonlari xalq kutganidek — adolatli, qattiqqo‘llik bilan, shaffof tarzda o‘tdi, deya ayta olamizmi?

    To‘g‘ri, joriy yilda avvalgi yillardan ko‘p yaxshi yangiliklar yo‘lga qo‘yildi. Shaffoflikni ta’minlash uchun zamonaviy texnologiyalar yordamidan foydalanildi. Hukumat alohida bunga e’tibor qaratdi, bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida alohida majlis o‘tkazilib, OTM rektorlari va mas’ullarga jiddiy topshiriqlar berildi. Bosh vazirning shaxsan o‘zi imtihon kuni test jarayonlarini bevosita kuzatdi. Lekin bu ishlardan hamma mas’ul rahbarlar ham to‘g‘ri xulosa chiqardimi? Menimcha, yo‘q.

    Bir misol. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining (o‘sha mashhur “Narxoz”) Korporativ boshqaruv yo‘nalishida kirish ballariga e’tibor qilsak, davlat granti uchun o‘tish balli 214,2, kontraktning eng oxirgi balli esa 163,8 bo‘lgan.

    Lekin, eng qizig‘i, kira olmaganlar, ya’ni “chiziqdan pastdagilar”ning birinchi o‘rnida turgan abituriyent 97,3 ball to‘plagan. Undan keyingi abituriyentlar 87, 84, 83, 80 ball olgan. Tasavvur qilyapsizmi? Farqni tasavvur qilyapsizmi — salkam 70 ball!

    Foto: “Xushnudbek.uz”

    Foto: “Xushnudbek.uz”

    Ma’lumot uchun, ushbu yo‘nalishga 257 kishi hujjat topshirgan. 4 ta byudjet, 66 ta kontrakt o‘rni bo‘yicha talabalar qabul qilingan. Demak, dastlabki 70 nafar abituriyent 163 balldan ko‘p to‘plagan-u, keyingi 187 abituriyent nima uchundir 100 balldan kam to‘plagan.

    O‘tgan yili xuddi shu yo‘nalishga 53 ta o‘rin berilgan, ya’ni, bu yilgidan 17 ta kam. Lekin shunga qaramay, o‘tgan yili kirish balli past bo‘lgan – 155,4. Bir yilda shunchalik vunderkindlar ko‘payib ketibdi-da?

    Ushbu suratni Facebook’da e’lon qilganimdan so‘ng, ko‘plab foydalanuvchilar talabalikka tavsiya etilganlarning javoblar varaqasi raqamiga e’tibor qaratdi. Xususan, Yolqin Muqimov Korporativ boshqaruv yo‘nalishiga kirgan talabalarning javoblar varag‘i raqamini tahlil qilib, quyidagi fikrlarni bildirdi:

    O‘qishga qabul qilingan abituriyentlarning DTM kodlariga e’tibor qiling. Bir qarashda hech qanday g‘ayrioddiylikni sezmaysiz. Chunki kodlar aralash holatda turibdi. Lekin bu DTM kodlarni tartib bo‘yicha joylashtirsak, “ajoyib” manzaraning guvohi bo‘lasiz. Diqqat qiling, o‘qishga kirgan barcha abituriyentlarning dtm kodlari ketma-ket kelgan raqamlardan iborat:

    7271171 raqamidan to 7271180 raqamigacha (jami 10 ta);7271201 raqamidan to 7271211 raqamigacha (jami 11 ta);7271231 raqamidan to 7271241 raqamigacha (jami 11 ta);7271280 raqamidan to 7271300 raqamigacha (bitta 72721289 raqamini istisno qilganda, jami 20 ta);7271351 raqamidan to 7271362 raqamigacha (jami 12 ta);7677930 raqamidan to 7673035 raqamigacha (jami 6 ta);

    Hammasi bo‘lib 70 ta.

    Bu abituriyentlar yonma-yon partalarda, bitta auditoriyada o‘tirganiga shubha yo‘q. O‘qishga kira olmagan “yetim” abituriyentlar esa qolgan guruhlarda. Aqalli bitta “osmondan tushgan” kod topolmadim-e!

    “Narxoz”dan yana bir misolga e’tibor qiling. Menejment yo‘nalishining rus guruhiga jami 15 kishi (1 ta grant, 14 ta kontrakt) talabalikka qabul qilingan, bu tanlovga jami 48 kishi hujjat topshirgan. Shunda kontraktning eng oxirgi balli 175,6, ammo “chiziqdan pastdagi” birinchi abituriyentning balli 72,5. Oraliq farq — 103 ball!

    Foto: “Xushnudbek.uz”

    Foto: “Xushnudbek.uz”

    Endi xuddi shu yo‘nalishga kirgan abituriyentlarning javoblar varaqasi kodiga e’tibor qiling: 7677476, 7677477, 7677478, …79, …80, …81, …82, …83, …84, …85, …86, …87, …88, …89, …90.

    Bu nima degani? O‘qishga kirgan “geniylar”ning bari bir auditoriyada test topshirgan, degani.

    Statistika yo‘nalishini olaylik. Unga 60 kishi qabul qilingan (5 ta grant, 55 ta kontrakt), 200 abituriyent hujjat topshirgan. Kontraktga kirish balli 177,7 ball. Kirolmaganlarning birinchi o‘rinida turgan abituriyent esa atigi 87,1 ball to‘plagan. Oradagi farq — 90 ball!

    Foto: “Xushnudbek.uz”

    Foto: “Xushnudbek.uz”

    Demak, joriy yili Narxozda imtihon emas, balki geniylar va bilimsizlarning ijodiy uchrashuvi o‘tkazilibdi-da?! <…> Tasodif deysizmi? Tasodiflar tasodif emas, degan mashhur gap bo‘lardi. Xo‘sh, aytingchi, bu shunchaki tasodif ekanligiga, bu yerda hech qanday “sxema” ishlatilmaganiga kimni ishontira olasiz? Kimni? Vijdonini pulga sotayotgan ayrim “uddaburon”lar xalqni shunchalik ahmoq deb o‘ylaydimi?

    Balki “Narxoz”dagilarga mening bu gaplarim yoqmas, balki meni isbot va dalillarsiz nohaq gumon qilayotganlikda ayblashar. Lekin agar istashsa, o‘sha kirgan talabalar va kira olmay qolgan soxta “abituriyentlar” bilan suhbat qilib, kalavaning uchiga bir kundayoq yetish mumkin. Lekin bu ko‘pchilikka yoqmasligi aniq.

    Bunga jim qarab turish mumkin emas. Bu holat bo‘yicha tegishli tashkilotlar albatta tekshiruv o‘tkazishi shart! Bugun jimgina tomoshabin bo‘lib tursak, ertaga bunday o‘yinlarni qilgan noinsoflar pul uchun butun millatni sotib yuborishi ham hech gap emas.

    Xushnudbek Xudoyberdiyev,huquqshunos

    28.08.2017, 10:20   Izoh (0)   74987
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Milliy bank “Mustaqillik tuhfasi” va “Oltin kuz” omonat turlarini taklif etadi

    28.08.2017, 09:28

    “Daryo” eksklyuziv intervyusi: “Uyali aloqa mamlakatga milliardlab dollar daromad olish imkonini beradi”

    28.08.2017, 09:05

    Eshik tanlashda ikkilanyapsizmi? Xotirjam bo‘ling, INSA siz bilan!

    28.08.2017, 08:55

    Shavkat Mirziyoyev Jahon sayyohlik tashkiloti bosh kotibini qabul qildi

    28.08.2017, 08:06

    Shavkat Mirziyoyev: Bekoboddagi metallurgiya kombinatini chet elga sotganimiz yo‘q! (video)

    27.08.2017, 15:36

    Shavkat Mirziyoyev: Bekobod ko‘plab ko‘rsatkichlar bo‘yicha hatto Yangiyo‘ldan ham orqada (video)

    27.08.2017, 14:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi

     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda IT yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘i kengaytiriladi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 10:50

    Braziliyada 2 yashar bola onasini otib qo‘ydi (video)

    Dunyo | 17 iyun, 10:37

    “Nasaf” va “Navbahor” futbolchilarida katta o‘sish, “Paxtakor” a’zolarida esa jiddiy pasayish — Superligada harakat qiladigan futbolchilar narxi yangilandi

    Sport | 17 iyun, 10:34

    O‘zbekistonda 18-iyun kuni jazirama issiq bo‘ladi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 10:33

    Rossiya Kiyevga dronlar bilan yirik zarba berdi. Qurbonlar bor (video)

    Dunyo | 17 iyun, 10:20

    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi

    Reklama | 17 iyun, 09:00

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 09:54

    Rossiyada bolalar uchun dronlarni boshqarish bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi

    Dunyo | 17 iyun, 09:30

    G7 sammitida Buyuk Britaniya—AQSH avtomobil savdosi bo‘yicha rasmiy kelishuv imzoladi (video)

    Dunyo | 17 iyun, 09:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.