AQShning Texas shtatiga “Xarvi” dovuli yopirilishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Rokport yong‘inga qarshi kurash departamenti vakili Roy Leyrdga ko‘ra, ular shtatning Aranzas okrugida hayotdan ko‘z yumgan.
Dovul tufayli ayrim binolar vayron bo‘ldi, elektr uzatish liniyalari uzilgan, daraxtlar ildizi bilan qo‘porildi. Avariya brigadalari vayronalarda ishini davom ettirmoqda.
Rasmiylar “Xarvi” keltirgan to‘liq zararni hozircha baholashga ulgurmadi. Uning oqibatlarini bartaraf etishga 40 milliard dollar sarflanishi mumkinligi bildirilmoqda.
Izoh (0)