Britaniyalik Ted Breydi motosiklning orqa g‘ildiragida, eng yuqori tezlikka erishib, Ginnesning jahon rekordini o‘rnatdi. U motosiklni soatiga 350,6 kilometr tezlikda harakatlantirib, bir yil avval o‘rnatilgan rekorddan soatiga 7 kilometr tezroq yurib, uni yangiladi. Bu haqda “Motor” xabar berdi.
Rekord AQShning Shimoliy Yorkshir harbiy bazasidagi uchish yo‘lakchasida har yili o‘tkaziladigan motosiklning orqa g‘ildiragida tez yurish chempionati doirasida o‘rnatildi.
Rekord o‘rnatish uchun orqa g‘ildirakda bir kilometr yurish kerak bo‘lgan. Tezlik masofaning oxirida qayd etilgan. Breydi rekordni ikkinchi urushda o‘rnatgan.
Izoh (0)